Oʻquvchilari OTMga koʻp kirgan maktablar rahbariyati ragʻbatlantiriladi

18:53 01 Aprel 2022 Jamiyat
1257 0

Maktab bitiruvchilarining OTMga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish koʻrsatkichlari asosida har yili 1-fevralgacha oʻtgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib maktablarning rahbar xodimlari ragʻbatlantiriladi.

Ragʻbatlantirish BHMning quyidagi miqdorlarida belgilanadi:

— oʻquvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oʻqishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 12 baravar (3 mln 240 ming soʻm), direktori oʻrinbosarlari – 6 baravar (1 mln 620 ming soʻm);

— oʻquvchilarining 85–89 foizi oʻqishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 9 baravar (2 mln 430 ming soʻm), direktor oʻrinbosarlari – 4,5 baravar (1 mln 215 ming soʻm);

— oʻquvchilarining 80–84 foiz qismi oʻqishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 6 baravar (1 mln 620 ming soʻm), direktor oʻrinbosarlari – 3 baravar (810 ming soʻm).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер