“Oʻquvchilar davomati inson omilisiz yuritiladi”
Bosh prokuraturada oʻtkazilgan majlisda Bosh prokuror maʼruzasida qayd etilgan holatlar boʻyicha izoh berdi.
Xalq taʼlimi vaziri Sh. Shermatov oʻquvchilar davomatini taʼminlashni takomillashtirish, nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmi haqida quyidagilarni aytib oʻtdi:
“Maktablarda kirish joyida oʻrnatilgan turniketlar samara bermadi. Oʻquvchilar davomatining toʻgʻri yuritilishi uchun maxsus tizim ishlab chiqyapmiz.
Yaʼni bu shunday tizim boʻladiki, davomat inson omilisiz yuritiladi. Buning uchun maktablarda maxsus qurilma oʻrnatiladi va u oʻquvchining kimligini yuz-koʻziga qarab aniqlik kiritib, oʻzi avtomatik tarzda roʻyxatga oladi. Bu esa oʻquvchilar davomati haqida maʼlumotlar toʻgʻri yuritilishini taʼminlaydi”.
Rahim Sherqulov, “Xalq soʻzi onlayn”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring