Oʻquv seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi

11:25 06 Dekabr 2024 Jamiyat
279 0

Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Xorazm viloyatida shahar, tuman hokimlarining oʻrinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar ishtirokida oʻtkazilgan toʻrt kunlik oʻquv-amaliy seminar oʻz yakuniga yetdi.

Seminar mamlakatimiz Prezidentining joriy yilning 18-20-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining birinchi yigʻilishlaridagi maʼruzalaridan kelib chiqadigan hamda 2025-yil yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan oldinda turgan vazifalar ijrosiga bagʻishlandi. Mashgʻulotlar Davlat boshqaruvi akademiyasi va yetakchi oliy taʼlim muassasalarining malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borildi. Seminar dasturidan mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar, jumladan, “mahalla yettiligi” faoliyatini yangi mexanizm asosida yoʻlga qoʻyish, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, masʼul rahbarlar faoliyatini samarali va oʻzaro hamkorlikda tashkil etish bilan bogʻliq dolzarb masalalar oʻrin oldi.

— Seminar davomida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish, mahallalarni ishsizlik, kambagʻallik, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlardan xoli hududga aylantirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha qizgʻin fikr almashuvlar boʻldi, — deydi oʻquv seminar qatnashchisi Shuhrat Sharipov. — Ayollar huquqlarini himoya qilish, yoshlar muammolarini aniqlash va hal etish, oziq-ovqat xavfsizligi, suv va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish hamda aholi muammolari bilan ishlash kabi mavzulardagi maʼruzalardan juda qimmatli maʼlumotlarni oldik.

Oʻquv seminar yakunida ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер