Oʻquv rejasiga tegishli boʻlmagan fanlar boʻyicha davomat qilish imkoniyati yaratildi

14:31 17 Mart 2026 Jamiyat
192 0

Oʻquv rejasiga tegishli boʻlmagan fanlar boʻyicha davomat qilish imkoniyati yaratildi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, HEMIS tizimiga “Maʼrifat soati” kabi oʻquv rejasidan tashqari boʻlgan mashgʻulotlar boʻyicha davomatni yuritish funksiyasi qoʻshilgan.

Bunda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:

Dars jadvalini shakllantirishda:

  • Oʻquv rejasiga kirmaydigan fan mashgʻuloti dars jadvaliga kiritiladi. Bunda masʼul sifatida tyutor yoki oʻqituvchi koʻrsatilishi mumkin.

Tyutor (yoki oʻqituvchi) panelida:

  • Mashgʻulotlar/dars oʻtish sahifasiga kiriladi va jadvaldagi tegishli mashgʻulot sanasi tanlanadi.

Davomat qilish sahifasida:

  • Guruhdagi talabalar roʻyxati boʻyicha kelmagan talabalarga tegishli belgi qoʻyiladi va maʼlumotlar saqlanadi.

“Ushbu davomat qilish funksiyasi hozirda tizimning Tyutor rolida ishlamoqda. Mazkur turdagi (oʻquv rejasidan tashqari) fanlar boʻyicha qilingan davomat talabaning tizimdagi umumiy davomat koʻrsatkichiga (foiziga) taʼsir qilmaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер