Oʻquv markazlari faoliyatiga ruxsat berildimi?
Karantin cheklovlari yumshatilmoqda, oʻquv markazlarida oʻqishlarni boshlab tursak boʻladimi? Ushbu savolga taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi javob berdi.
“Maʼlumki, yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida karantin eʼlon qilinib mamlakatimizdagi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida faoliyat toʻxtatilgan.
Shu munosabat bilan, Respublika maxsus komissiyasining davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonlarini davom ettirish boʻyicha tegishli qarori qabul qilingandan soʻng, oʻquv markazlarida taʼlim jarayonlarini tashkil etish mumkin boʻladi.
Ushbu karantin davrida davlat taʼlim muassaslarida onlayn va masofaviy darslar tashkil etilganligini inobatga olib, oʻquv markazlar faoliyatida ham kurs qatnovchilariga masofaviy taʼlim tashkil etishni tavsiya qilamiz”, deyiladi axborotda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring