Oʻqituvchilar spartakiadada bellashdilar

11:35 07 Noyabr 2019 Jamiyat
909 0

Hafta boshida“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili“ga bagʻishlab Namangan shahar xalq taʼlimi boʻlimi tizimidagi muassasalarning oʻqituvchi - murabbiylari hamda ishchi-xodimlar oʻrtasida spartakiadaga start berilgan edi.

Mini futbol boʻyicha erkaklar, voleybol boʻyicha ayollar, shuningdek, shaxmat, shashka va stol tennisi boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan bahslar yakuniga yetdi. Unda shahardagi mavjud 85 ta umumtaʼlim maktabidan 1615 nafar oʻqituvchi va ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.

Final bellashuvlari yakuniga koʻra aniqlangan gʻoliblar va gʻolib jamoalarga tashkilotchilarning diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV.
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер