Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyoʻl tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar B.I. va M.I. fuqaro F.B.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Chirchiq davlat pedagogika universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xudi shunday, Departamentning Rishton tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.X. fuqaro M.A.ning qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi universitetidagi oʻqishini Fargʻona politexnika institutiga koʻchirib berishi evaziga 3 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro F.I. fuqaro E.A.ni Qarshi davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida, shuningdek, fuqaro U.X. fuqaro Sh.Q.ni Qarshi shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 1 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring