Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.I. fuqarolar S.M. va O.R.ning ishonchiga kirib, ularni 4 000 AQSH dollari evaziga qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi oliy oʻquv yurtlaridan biriga oʻqishga kiritib, keyinchalik oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy oʻquv yurtiga biriga koʻchirib berishini aytib 3 900 AQSH dollari va 1,2 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring