Oqdaryo tuman Tibbiyot birlashmasida yangi binolari foydalanishga topshirildi

17:57 10 May 2023 Jamiyat
492 0

Foto: «Xalq so‘zi»

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan provard maqsad chekka hududlarda ham xalqimiz uchun qulay turmush sharoitini yaratishdan iborat. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, toki yurtdoshlarimiz islohotlar samarasini bugun o‘z hayotlarida his qilishsin.

Joylarda ana shu maqsadda ayniqsa, ta’lim va tibbiy xizmat sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bugun chekka hududlarda ham o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Kuni kecha Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasining “Bolalar bo‘limi”, “Ichki kasalliklar” va “Nevrologiya” bo‘limlari yangi binoga ko‘chirildi. 

Mazkur bo‘limlar joy olgan yangi binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik ishtirokida ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar aholiga hamda shifokorlarga yaratilayotgan ushbu zamonaviy shart-sharoitlar xalqimiz salomatligini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin dalili ekanligini ta’kidlashdi.

Investisiya dasturi asosida 26 milliard so‘m mablag‘ hisobiga qad rostlagan mazkur 3 qavatli yangi binoda tuman aholisiga beminnat tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Abdulaziz Yo‘ldoshev, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер