Oq uy Putin va Baydenning qachon uchrashishi mumkinligiga oydinlik kiritdi
Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH rahbari Jo Bayden oʻrtasidagi uchrashuvning vaqti haqida savolga javob berdi.
Psakining aytishicha, hozircha uchrashuvni tasdiqlangan tafsilotlari, shu jumladan uni oʻtkazish mumkin boʻlgan sana aniq emas.
“Bizda baʼzi tafsilotlar maʼlum boʻlsa, ular haqida maʼlum qilamiz”, degan Oq uy vakili.
Avvalroq Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiya va AQSH prezidentlarining uchrashuvi shu yilning iyun oyida boʻlib oʻtishi mumkinligini aytgan edi.
Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatlar oʻrtasida uchrashuvni oʻtkazilishining aniq sanalari toʻgʻrisida dastlabki kelishuvlar mavjud.
Joriy yilning 13-aprel kuni Bayden Putin bilan telefon orqali suhbat chogʻida Rossiya rahbarini betaraf mamlakatda ikki tomonlama sammit oʻtkazishga chaqirgan edi. Keyin Jen Psaki prezidentlar yozda uchrashishi mumkinligini aytgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring