OneID tizimiga hech qanday kiberhujum boʻlmagan

13:53 06 Yanvar 2024 Jamiyat
366 0

Bugun dunyoda IT sohasi shiddat bilan rivojlanishi barobarida kiberhujumlar xavfi ham ortib bormoqda. Bunga qarshi tizimli choralar koʻrilib, amaliy tadbirlar qoʻllanib kelinmoqda.

Xususan, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda OneID tizimi boʻyicha tarqalgan xabar yuzasidan dastlabki tezkor oʻrganishlar oʻtkazildi. Natijada OneID tizimiga hech qanday kiberhujum boʻlmagani hamda tizim ishida nosozliklar aniqlanmadi. Muammo katta ehtimol bilan foydalanuvchilarning kompyuter qurilmalari virusli zararlangani oqibati bilan bogʻliqligi taxmin qilindi. Ayni paytda bunga qarshi tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Shu oʻrinda yurtdoshlarimizdan shaxsiy maʼlumotlariga eʼtiborli boʻlishlarini, ularni zinhor begonalarga bermaslikni, shuningdek, kompyuter qurilmalari va mobil aloqa vositalarini virusga qarshi himoyalab turishlarini (login va parollarini saqlab qoʻymasliklarini) soʻrab qolamiz.

Shuningdek, OneID tizimiga kiruvchi shaxsiy login va parollarni ham vaqti-vaqti bilan oʻzgartirib turish (murakkab parol qoʻyish)ni tavsiya qilamiz!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер