Ona tilim — onajonim tili bu
Toshkentdagi TMC institutida Oʻzbek tiliga Davlat maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan “Ona tilim — Onajonim tili bu” nomli anjuman tashkil etildi.
Tadbirni institut prorektori Bahrom Avazboyevich ochib, tilimizning bugungi qadru qimmati, tarixiyligi va oʻzbek tili til sifatida dunyoning qaysi mintaqasida boʻlmasin shu tilda voyaga yetganlar uchun aziz va moʻtabar til ekanini eʼtirof etdi.
Anjumanda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, shoira Sharifa Salimova, “Shuhrat” medali va bir qancha Xalqaro mukofotlar sohibasi, latofatli shoira Xosiyat Rustamova, “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohibi, yosh shoir va tarjimon Rahmat Bobojon ishtirok etdi.
— Har qanday til oʻz ichki va tashqi omillari asosida boyiydi. Buni ming yil muqaddam Mahmud Qoshgʻariy bobomiz oʻzining “Devonu lugʻotit turk” asari orqali isbotlab ketgan. — dedi shoira Sharifa Salimova. — Masalan, Qoshgʻariydan bizgacha 268 maqol oʻz holatida yetib kelgan. Bu esa ming yil davomida tilimizdagi anchagina soʻzlar hech bir buzilish va xavf-xatarlarsiz saqlanayotganini bildiradi. Zotan, tilimizning tozaligini, sofligini asrab-avaylash har birimizning qoʻlimizdadir.
Tadbirda talabalar oʻzlarining sheʼr, qoʻshiq va raqslari bilan ishtirok etishdi. Abdulla Qodiriyning “Oʻtgan kunlar” asaridan sahnalashtirilgan sahna koʻrinishi kecha qatnashchilarda chuqur taassurot qoldirdi.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring