“Ona tilim-iftixorim” adabiy-musiqiy tadbir haqida maʼlumot
Til-millatimiz, madaniyatimiz, tariximiz koʻzgusi.Oʻzlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi til orqali namoyon boʻladi. Inson goʻzalligi, maʼnaviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu — tildir. Til bayram i- millat bayrami, yurt shodiyonasidir. Har yili ushbu bayram yurtimiz miqyosida keng nishonlanib kelinadi.

“21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan Mirzo Ulugʻbek tumani 338-sonli maktabda “Ona tilim — iftixorim” shiori ostida adabiy-musiqiy bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda oʻquvchi yoshlar tomonidan sheʼrlar, qoʻshiq, va sahna koʻrinishlari bilan faol ishtirok etishdi. Yosh avlodni yetuk va barkamol ruhda tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi. Bu kabi tadbirlar esa oʻquvchilarda ona tilimizga boʻlgan mehr-muhabbatni, tariximizga boʻlgan hurmatni, vatanparvarlik kabi ezgu tuygʻuni uygʻotishga xizmat qiladi.







Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring