Ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar reklamasi ham taqiqlandi — SSV
Foto: Illustrativ foto
Shu yil 9-sentyabrdan kuchga kiradigan “Reklama toʻgʻrisida”gi yangi Qonunning 35-moddasida ovqatga qoʻshiladigan biologik faol qoʻshimchalarni va oziq-ovqat qoʻshimchalarining reklamasi boʻyicha tartiblar belgilandi.
Qonunga koʻra, bu mahsulotlarning reklamasida:
— “ular dori vositalari hisoblanadi” yoki “davolash xossalariga ega” degan taassurot uygʻotilmasligi;
— qoʻllash natijasida odamlar davolanganiga, ahvoli yaxshilanganiga doir muayyan holatlar misol keltirilmasligi;
— ularni qoʻllagan jismoniy shaxslar tomonidan bildirilgan minnatdorlik izhorini oʻz ichiga olmasligi;
— sogʻlom ovqatlanishni rad etishga undamasligi;
— biologik faol va oziq-ovqat qoʻshimchalar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazilgani hamda davlat roʻyxatiga olingani toʻgʻrisidagi faktlarni havolalar qilish, shuningdek, ulardan toʻgʻridan-toʻgʻri tavsiya shaklida foydalanish orqali dori vositalariga nisbatan afzalligi haqidagi taassurotni yuzaga keltirmasligi;
— voyaga yetmaganlar isteʼmol qilishi taqiqlangan biologik faol qoʻshimchalar reklamasida bolalar tasviridan foydalanilmasligi kerak.
Ovqatga qoʻshiladigan biologik faol qoʻshimchalar va oziq-ovqat qoʻshimchalari reklamasida ularning dori vositasi emasligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish berilishi shart.
Bunday mahsulotlar reklamasi boʻyicha ragʻbatlantiruvchi aksiyalar oʻtkazish ham mumkin emas.
Mazkur Qonunning 36-moddasi bilan esa ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar reklamasi ham taqiqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring