«Omikron» sunʼiy ravishda yaratilganmi? JSST eksperti izoh berdi
Illyustrativ foto
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti(JSST)ning Rossiyadagi maxsus vakili Melita Vuynovich TASS agentligiga bergan intervyusida koronavirusning «Omikron» shtammining sunʼiy kelib chiqishi haqidagi taxminlarni asossiz, deb bilishini taʼkidladi.
U bu bilan ayrim ekspertlarning «Omikron» shtammi pandemiyani yengish uchun yaratilgan boʻlishi mumkinligi haqidagi fikrlariga izoh berdi. Shu oʻrinda mutaxassis hatto “COVID-19”ning oʻzi haqida ham koʻp mish-mishlar boʻlganini eslab oʻtdi.
“Bu ekspert xulosasi aniq maʼlumotlar bilan tasdiqlanganiga shubha qilaman”, deydi Vuynovich.
Uning soʻzlariga koʻra, katta ilmiy tadqiqot olib borilmoqda, lekin yangi shtammning sunʼiy kelib chiqishi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. Olimlar infeksiyadan himoya qiladigan vaksina yaratish ustida ishlamoqda, ammo ilmiy hamjamiyatda hech kim juda erkin koʻchib yuruvchi va harakatlanadigan virus yaratish haqida jiddiy oʻylamaydi.
“Bu koʻproq afsonaga oʻxshaydi, har doim dunyoda yomon narsa sodir boʻlganda paydo boʻladigan. Ammo buning ilmiy asosi yoʻq”, deydi Vuynovich.
Oldinroq, JSST rahbari “COVID-19”ning yanada xavfli shtammi haqida gapirgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring