Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili tayinlandi
Alimov Shuxrat Ashrabovich – Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyati mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.
Sh. Alimov 1973-yil Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tugʻilgan. Maʼlumotli oliy, mutaxassisligi muxandis, huquqshunos. “2-darajali adliya maslahatchisi” maxsus unvon – martaba darajasiga ega.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Mirzaobod tumani adliya boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat olib borgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring