Ombudsman: Ogʻir sharoitda yashovchi fuqaroga uy ajratildi

17:51 12 Oktyabr 2021 Jamiyat
747 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga nukuslik fuqaro B.Z. 5 yildan buyon avariya holatidagi uyda yashashi va kunlarning sovib ketishi oqibatida oʻzi va 10 yashar qizini sogʻligʻiga jiddiy zarar yetayotgani boʻyicha amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan edi.

Mazkur murojaat oʻrganish uchun Ombudsmanning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymovaga yuborildi.

Mintaqaviy vakil murojaatchining uy manziliga maʼsul sektor rahbari, mahalla boʻlim boshligʻi va fuqarolar yigʻini raisi bilan borganida haqiqatan ham fuqaro juda ogʻir sharoitda yashayotganiga guvoh boʻldi. Uyning tom qismidagi taxtalarni vahmak (termit) hasharoti yeb bitirayotgani sababli, turarjoy avariya holatiga kelib qolgan.

Qolaversa, yogʻingarchilik boʻlsa uy tomidan chakki oʻtadi, isitish tizimi ishlamagani sababli uy doim sovuq va zax holatda boʻladi.

Oʻrganish ishlari davomida fuqaro B.Z. ishsizligi sababli arzon turarjoy uchun ipoteka kreditini rasmiylashtira olmayotgani va toʻlovlarni vaqtida toʻlashi uchun ham doimiy ishga ega boʻlishi kerakligini maʼlum qildi.

Ombudsman vakili Zuxra Reymovaning aralashuvi bilan murojaatchiga shahar hokimligi balansida turgan Nukus shahar “Yeliabad” MFY hududida joylashgan xonadon vaqtincha ajratib berildi.

Hozirgi kunda fuqaro B.Z.ning mutaxassisligi boʻyicha doimiy ish bilan taʼminlanish choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер