Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini oʻtkazdi
2023-yilning 30-avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini oʻtkazdi.
Qabulga 20 ga yaqin fuqarolar kelib, ishga tiklash, ish haqini undirish, meros, kompensatsiya va aliment undirish, moddiy yordam olish, uy-joy, sud tergov jarayonlariga oid murojaatlarini qoldirishdi.
Fuqarolar murojaatlari Ombudsman nazoratiga olindi.
Eslatib oʻtamiz, fuqarolar toʻgʻridan-toʻgʻri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring