Oltinkoʻlliklar — Kegeylida

08:52 12 Mart 2022 Jamiyat
681 0

Foto: Халқ сўзи

Orolboʻyidagi aholi turmush sharoitini yaxshilash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, zamonaviy ijtimoiy infratuzilmalarni yaratish ishlarida Andijon viloyati vakillari ham faol ishtirok etmoqdalar. Xususan, ayni kunlarda Oltinkoʻl tumani hokimi Iqboljon Matroʻziyev boshchiligidagi faollar Kegeyli tumanining «Madeniyat» ovulida boʻlib, bu yerdagi hayot tarzi bilan yaqindan tanishyapti. Shu asnoda ovuldagi yoʻl, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, aholi bandligi bilan bogʻliq muammolar yechimlari oʻrganilyapti.

— «Madeniyat»dagi mavjud 9 ta koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi salkam ming nafar aholining turmush sharoitini yaxshilash ishlarini boshlab yubordik, — deydi hokim Iqboljon Matroʻziyev. — Buning uchun 1,5 km masofadan iborat yoʻlni taʼmirlash, 0,5 km uzunlikdagi piyodalar va velosiped harakati uchun yoʻlakcha barpo etishga kirishdik. Bundan tashqari ovuldagi 320 ta xonadonni oqova suv bilan taʼminlash maqsadida 2 ta suv nasosi oʻrnatdik. 2,5 ming tup manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi. 5 ta issiqxona qurib berdik. Hali rejalarimiz koʻp. Barchasini birin-ketin amalga oshirib, Kegeyli respublikamizning eng obod manzillaridan biriga aylanishi uchun hissa qoʻshish harakatidamiz.

Oltinkoʻlliklar maqsad-muddaosi «Madeniyat»dagi 830 xonadonda istiqomat qiluvchi 4 ming nafardan ziyod aholining ijtimoiy hayotini tubdan oʻzgartirishga qaratilgan. Shu bois ovul ahliga uy sharoitida daromad topish sirlari ham oʻrgatilmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер