Oltinkoʻlda yangi maktab
Foto: Халқ сўзи
Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi 51-maktabning 360 nafar oʻquvchilari endi umumiy oʻrta taʼlimni yangi binoda davom ettiradigan boʻldilar. “Yuksak obod qurilish” MCHJ tomonidan ular uchun yangi maktab binosi qurib, foydalanishga topshirildi.

— Sinf xonalarimiz keng va yorugʻ, zamonaviy jihozlangan fan xonalari ham tashkil etilibdi, — deydi shu maktab oʻquvchisi Oydinoy Rahmonova. — Endilikda maktabda turli fan va sport toʻgaraklari ochilishini eshitib, yanada xursand boʻldik.

126 mln. soʻm mablagʻ evaziga qad rostlagan binoning taqdimot marosimida mahalla faollaridan tortib tuman hokimigacha hozir boʻldilar.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring