Oltinkoʻlda oʻtgan sayyor sudda 11 nafar mahkum jazodan ozod etildi

16:54 09 Mart 2023 Jamiyat
712 0

Foto: Xalq so‘zi

Keyingi paytlarda joylarda ayrim turdagi ishlarning sayyor sud majlislarida koʻrilayotgani alohida eʼtiborga molikdir. Binobarin, sayyor sudlar fuqarolarga qaysidir maʼnoda huquqiy saboq berib, ularning qonunchilik borasidagi bilim va madaniyatini oshirishga, hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi boʻlib oʻtgan navbatdagi sayyor sudda jazoni oʻtash davomida tuzalish yoʻliga oʻtgan, qilmishidan chin dildan pushaymon, mehnatga ijobiy yondashib, jazoni oʻtash tartib va qoidalariga qatʼiy amal qilib kelayotgan shaxslar ishi muhokama qilindi.

— Sayyor sud davomida 11 nafar mahkumga nisbatan Jinoyat Kodeksining 70-moddasiga asosan muddatidan oldin ozod etish masalasi boʻyicha kiritilgan taqdimnoma jinoyat ishlari boʻyicha Oltinkoʻl tumani sudi tomonidan koʻrib chiqildi, — deydi tuman IIB inspektori Hotamjon Olimov. — Sud hukmiga koʻra ular jazodan ozod etilar ekan, kelgusida sodir etilgan qonunbuzilishi holatlariga nisbatan qoʻllaniladigan jazo muddati qatʼiy boʻlishi yuzasidan tushuntirildi.

Sayyor sud tomonidan tadbir ishtirokchilariga qonunchiligimizdagi va sud islohotlariga doir oʻzgartirishlar yuzasidan keng maʼlumot berildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер