Olti oyda 20 milliard soʻm mablagʻ tejab qolindi

14:11 28 Dekabr 2021 Jamiyat
840 0

Foto: «Халқ сўзи»

Andijon viloyatida suv quvurida yuzaga kelgan nosozliklarni aniqlash ishlari sunʼiy yoʻldosh orqali amalga oshirilmoqda. Buning uchun “Maya internatonal infrostrecture” Oʻzbekiston-Isroil qoʻshma korxonasi xizmatidan foydalanilyapti.

— Avvallari yer ostida yuzaga kelgan nosozliklarni aniqlash uchun bir necha metr masofani kovlashimizga toʻgʻri kelardi, — deydi “Andijon suv taʼminoti” MCHJ bosh muhandisi Dilmurodjon Sultonov. — Natijada asfalt yoʻllar sifati jiddiy zararlanar edi. Sohaga innovatsion usullarning joriy etilishi tufayli bu muammoga uzil-kesil chek qoʻyildi. Mutaxassislar maxsus moslamalar orqali nosozlik joyining oʻchogʻini topib bermoqdalar.

— Korxona dastlab Toshkent shahrida faoliyat olib bordi va ikki yil ichida 2000 dan ortiq yer osti suv quvuri nosozliklarini aniqlashga erishdi, — deya izoh beradi “Maya internatonal infrostrecture” qoʻshma korxonasi rahbari oʻrinbosari Jamshidbek Turdialiyev. — Andijonda esa 580 ta yer osti nosozliklarini aniqlashga erishdik. Bundan tashqari yer qaʼrida qolib ketgan 200 dan ortiq quduqlarni topib berdik.

Suv taʼminotida zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishga qaratilayotgan alohida eʼtibor samarasida Andijon viloyatida soʻnggi olti oy ichida 1 ming kub obi hayot isrofgarchiligining oldi olinib, davlat byudjetidan 20 milliard soʻm mablagʻ tejab qolindi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер