Olmazor tumaniga 21-marotaba kelayotgan ekanman — Shavkat Mirziyoyev

17:36 08 Aprel 2022 Siyosat
1416 0

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatga keldi.

Ayni vaqtda “Saxovat”, “Muruvvat” va “Mehribonlik” uylari hamda maxsus maktab internatlari faoliyati boʻyicha videoselektor yigʻilishi boshlandi.

— Olmazor tumaniga 21-marotaba kelayotgan ekanman. Roʻzai Ramazon oyida qilgan barcha duolarimiz ijobat boʻladi. Sizlarni, xalqimizni shunday ulugʻ ayyom kunlari bilan tabriklayman. Qutlugʻ oyda Ollohning marhamati yogʻiladi degani bejizmas. Juma kuni Olmazor tumaniga kelib selektor oʻtkazyapmiz. Qurʼoni Karimda ham shunday aytiladi: “Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilik” boʻladi. Bugungi muloqotimizda odamlarga yaxshilik qilish uchun har masalani ochiq aytinglar, — dedi davlat rahbari.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер