Olmazor tumanidagi podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda

14:43 24 Noyabr 2023 Jamiyat
103 0

Bugun, soat 11:40 da “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali balansida bo‘lgan, Olmazor tumanidagi “Sag‘bon” podstansiyasining transformatorida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Olmazor tumanining Qora-Qamish 1/2, 1/3, 2/1, 2/4, 3/2 mavzelari hamda Toshkent tumani Keles yo‘li ko‘chasi iste’molchilari (9000 ta iste’molchi) qisman elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mutaxassislari tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер