Olmazor tumanida ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahar “Ishga marhamat” monomarkazining boʻlim laboranti Sh.Yu. fuqaro D.R.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Yangiyoʻl tumani bandlik va mehnat boʻlimi rahbari lavozimiga joylashtirib qoʻyishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring