“Oʻlmas” mahallasida yangi bilim koshonasi
Foto: “Xalq soʻzi”
Namangan tumanidagi “Oʻlmas” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi oʻquvchi-yoshlar yaqin vaqtga qadar ancha olisdagi mahalla maktabiga qatnar edi. Hududda 5-umumtaʼlim maktabining yangi binosi qurilishi bilan ularning uzogʻi yaqin boʻldi.
Oʻzida barcha sharoitlarni mujassam etgan, 330 oʻringa moʻljallangan taʼlim maskani “Ravnaq qurilish taʼmir servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 10 milliard 462 million soʻm mablagʻ evaziga barpo etildi. Faollar va oʻquv zallari, oshxona, 14 ta sinf va oʻndan fan xonalari, elektron kutubxona, logoped xonasi, harbiy taʼlim xonalaridan tashqari sport zali zarur inventarlar bilan jihozlandi.
Yangi maktab binosining foydalanishga topshirilishi mahalla ahli uchun chinakam bayramga aylandi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring