Olmaliqda yangi dala o‘quv maydoni
Olmaliqda harbiy dala o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi. Uning ochilish marosimida tegishli vazirlik va tashkilot mutasaddilari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda qayd etilganidek, so‘nggi yillarda Vatan himoyachilarining xizmat va uy-joy sharoitini yaxshilash, qismlar joylashgan hududlar infratuzilmasini rivojlantirish, harbiy xizmatchilarning bilim va mahoratini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Zamonaviy talablarga javob beradigan ushbu mashq maydoni ham harbiy xizmatchilarning jangovor tayyorgarligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Olmaliqdagi yangi dala o‘quv maydoni butun bir taktik shaharchani o‘z ichiga oladi. Unda barcha sport turlari, harbiy mashqlar bilan emin-erkin shug‘ullanish imkoniyati mavjud.
Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring