Olis hududdagi oʻquvchilar holidan xabar olindi

12:29 16 Dekabr 2024 Jamiyat
410 0

Said Donishev/“Xalq soʻzi”. Jizzax pedagogik mahorat markazi hamda Direktorlar kengashi tashabbusi bilan Yangi yil bayrami arafasida olis hududlardagi maktab oʻquvchilaridan xabar olindi. Ushbu tadbir markazlardan olisda joylashgan umumtaʼlim maktablari jamoasi bilan yaqindan muloqot qilish, taʼlim va oʻquv jarayoni bilan tanishish maqsadida tashkil etildi.

Ilk manzil Forish tumanidagi 50-sonli umumtaʼlim maktabida boʻldi. Darboza mahallasida joylashgan mazkur maktab tuman markazidan 270 km olisda joylashgan. Markaz xodimlari dastavval maktabdagi taʼlim va sport, qoʻshimcha toʻgaraklar faoliyati bilan tanishdi. Har bir sinfdagi oʻquvchilarga Yangi yil bayrami sovgʻalari ulashildi.

— Odatda oʻqituvchilarimiz pedagogik mahorat markazida bir haftada malaka oshirib kelardi. Bu gal markaz jamoasi oʻqituvchilarga yelkadosh va koʻmakdosh boʻlishdi, — deydi maktab direktori Dilshoda Suyunova. — Faqat ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻquvchilarga emas, barchaga sovgʻa berildi. Bundan bolalar xursand boʻldi.

Markaz jamoasi mahallada ilk bor tashkil etilgan oilaviy maktabgacha taʼlim maskanida ham boʻlib, 16 nafar tarbiyalanuvchiga ham bayram sovgʻasini topshirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер