Olimpiya shaharchasi oʻz vaqtida qurib bitirilmagani sababli yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari Bahraynga koʻchirilgan
Toshkentda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan 2025-yilgi III Osiyo yoshlar oʻyinlari mezbonligi Bahraynga oʻtkazilgani haqida xabar berilgandi. Oʻzbekistonning mezbonlikdan voz kechishiga asosiy sabab sifatida Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi qurilishining belgilangan muddatda yakunlanmasligi koʻrsatilgan.
Milliy olimpiya qoʻmitasi bu borada Osiyo olimpiya kengashiga rasmiy xat yuborgan va kelishuvga erishgan.
Maʼlum boʻlishicha, Osiyo olimpiya kengashi Milliy olimpiya qoʻmitasining xatini koʻrib chiqib, Bahraynni yangi mezbon sifatida tasdiqladi. Shu tariqa, Osiyo oʻyinlar 2025-yilda Bahrayn poytaxti Manama shahrida oʻtkaziladi.
Garchi ushbu musobaqa mezbonligida mosuvo boʻlayotgan boʻlsak-da, Olimpiya shaharchasi qurilishi kelgusidagi xalqaro tadbirlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Aytish mumkinki, Oʻzbekistondagi Olimpiya shaharchasi qurilishi juda keng qamrovli va murakkab loyiha hisoblanadi. Uning qurilishi 2025-yilgacha toʻliq yakunlanishi rejalashtirilgan boʻlsa-da, ayrim qiyinchiliklar sabab jarayon kechikmoqda.
Oʻzbekiston oʻz zimmasidagi masʼuliyatni tushunib, Osiyo olimpiya kengashi bilan oʻz vaqtida kelishuvga erishdi. Bu jarayon mamlakatimizning xalqaro sport maydonidagi nufuziga putur yetkazmasligi uchun jiddiy qadamlar qoʻyilayotganini koʻrsatadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring