Olimlar uyquga yotish uchun eng ideal vaqtni maʼlum qilishdi 

00:07 10 Noyabr 2021 Dunyo
1153 0

Foto: Getty Images

Soat 22:00 dan 23:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida uyquga yotish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. 

Xuddi shunday xulosaga Buyuk Britaniya olimlari tomonidan kelindi. Yevropa kardiologiya jurnalida chop etilgan maqolada qayd etilishicha, tadqiqotda 88 ming nafar koʻngilli ishtirok etgan. Olimlar olti yil davomida ularning uyqu vaqti, uning sifati va kasalliklarning tarqalishi haqidagi maʼlumotlar bilan qiziqqan.

Yakunda soat 22:00 dan 23:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida uyquga yotganlarda eng yaxshi natijalar qayd etilgan.

“Biz tadqiqotimiz natijasida sabab-oqibat munosabatlarini aniqlay olmasakda, bu shuni koʻrsatadiki, erta yoki kech uxlash yurak-qon tomir sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Chiroqlarni oʻchirish uchun eng xavfli vaqt yarim tundan keyin. Ehtimol, bu tong otishini koʻrish ehtimolini kamaytiradi”, - deydi tadqiqot muallifi doktor Devid Plens.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер