Olimlar Saturn yoʻldoshida hayot boʻlishi mumkinligi haqidagi yangi dalillarni topdi

21:22 09 Oktyabr 2022 Dunyo
2393 0

Foto: Illustrativ foto

Xalqaro olimlar jamoasi Saturnning yoʻldoshlaridan biri Enseladda hayot ehtimoli borligi haqidagi gipoteza foydasiga yangi dalillar topdi.

Tadqiqotchilar muz qatlami bilan qoplangan Enselad okeanida biologik hayot uchun zarur element boʻlgan erigan fosfor boʻlishi mumkinligini taxmin qilishdi.

Fosfor inson va hayvonlarda suyaklar, hujayra membranalari va DNKning muhim tarkibiy qismidir. Avval olimlar yoʻldoshda vodorod, azot, kislorod va oltingugurtni, yaʼni hayot paydo boʻlishi uchun muhim elementlarni topgan edi. Ammo fosfor yetishmasligi tufayli Enselad hayot uchun yaroqsiz deb hisoblangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер