Olimlar koronavirusning “ovozini” yozib oldi

02:26 08 Aprel 2020 Dunyo
1479 0

foto by: Google

Amerikalik biologlar koronavirus oqsillarining tebranishlarini ovozga aylantirishdi va uni yozib oldi.

Ushbu xabar “Soundcloud” nashrida ovoz bilan birga taqdim etildi.

Maʼlum qilinishicha, tadqiqot davomida olimlar koʻp miqdorda massa, energiya va aloqa holatiga qarab aminokislotalar tomonidan yaratilgan tabiiy tebranishlarni oʻzgartirgan SARS-CoV-2 oqsilining tovushini yozib olgan.

“Ayni daqiqalarda eshitayotganingiz bu koʻp qavatli algoritmik kompozitsiya boʻlib, u butun oqsilning tebranish spektrini va ritmik elementlarini, shuningdek, aminokislotalarning oʻzaro bogʻlangan ohanglar koʻrinishidagi ketma-ketligi hamda katlanishini aks ettiradi”, deb “Scinexx” portali tadqiqot guruhi rahbari Markus Buxlerning soʻzlaridan iqtibos keltiradi.

Mutaxassislar, shuningdek, paydo boʻlgan “kompozitsiyada” yoqimli “tinchlantiruvchi” tovushlarni topish mumkinligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер