Olimlar: “Koronavirus havoda 14 daqiqagacha qolishi mumkin“

21:48 15 May 2020 Dunyo
1051 0

Amerikalik olimlar koronavirusga chalingan odam gapirganda uning ogʻzidan chiqqan va koronavirus saqlagan tomchi zarralari havoda 14 daqiqagacha qolishi mumkinligini aniqlashdi.

Tadqiqotda koʻngillilardan u yoki bu jumlalarni aytish soʻralgan va bu vaqtda maxsus lazerlar bilan ular ogʻzidan chiqqan mikro tomchilar havoda qancha uzoq qolishi oʻlchangan.

Aniqlanishicha, baland tovush bilan bir daqiqa davomida gapirganda bunday tomchilardan kamida ming dona hosil boʻlib, ular havoda oʻrtacha 8 daqiqa, baʼzi holatlarda esa 14 daqiqagacha saqlanib qolar ekan.

Taʼkidlash joiz, tadqiqotda havo harakati, harorat oʻzgarishi va boshqa omillar hisobga olinmagan.

Shunday ekan, virusning havoda bir necha daqiqaga qolishi mumkinligining oʻzi himoya niqoblarini taqib yurish kerakligiga yetarlicha asos boʻla oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер