Olima va ixtirochi ayollar qoʻllab-quvvatlanmoqda

18:21 14 Iyun 2022 Jamiyat
551 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona politexnika institutida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Innovatsion rivojlanish vazirliklari hamda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamkorligida oʻtkazilgan forum olima, ziyoli ayollarning jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada faollashtirish masalasiga bagʻishlandi. Unda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yuzdan ziyod olima, doktorant opa-singillarimizning, magistrant va talaba-qizlarning ilmiy-amaliy izlanishlari, innovatsion loyihalari natijasi oʻrganildi.

— Keyingi yillarda olimalarimiz tomonidan 156 ta darslik va oʻquv qoʻllanmalari, 73 ta monografiya yaratildi, ilmiy izlanishlar olib borayotgan ayollarimizning xorij jurnallarida ikki mingdan ortiq maqolalari chop etildi,-deydi Fargʻona davlat universiteti rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Baxtixon Qurbonova. — Bu oʻquv yurtimizda salohiyatli opa-singillarimiz va qizlarimiz ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishi uchun har tomonlama qoʻllab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi.

Forum yakunida Elnora Moʻminova “Olima ayollar” uyushmasi hamda Roziya Nuriddinova “Ixtirochi ayollar” kengashining Fargʻona viloyati boʻlimi raisi vazifasiga tayinlandi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер