Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi
Prezidentning tegishli qarorlariga binoan oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Karimov Komiljon Hamidovich oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Hakimov Rahim Rasuljonovich oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring