Oliy taʼlim muassasalarining 258 nafar eng yaxshi pedagoglari taqdirlandi
Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan yuqori malakali pedagoglarni aniqlash, rag’batlantirish, sog’lom raqobatni shakllantirish maqsadida “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi tashkil qilingan edi.
Ikki bosqichda o’tkazilgan tanlovda 1000 dan ortiq professor-o’qituvchilar ishtirok etdi. Shulardan 59 ta oliy taʼlim muassasasining 258 nafar pedagoglari Respublika bosqichida ishtirok etishga loyiq deb topildi.
Tanlov komissiyasi aʼzolari va Tashkiliy qo‘mita aʼzolarining qaroriga ko‘ra, respublika bosqichida ishtirok etgan pedagoglardan 28 nafari “Mutaxassislik bo‘yicha eng yaxshi pedagog”, “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” hamda “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo’lga kiritdi.
G‘oliblar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring