Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda

12:51 17 Yanvar 2024 Jamiyat
261 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda.

Majlisda Qonunchilik palatasi deputati Oʻktam Islomov soʻz olib, majlis kun tartibi loyihasiga parlament nazorati yoʻnalishida qoʻshimcha kiritish taklifini ilgari surdi.

Xalq vakili oʻz soʻzida global ekologik muammolardan biri —atmosferaning ifloslanishi masalasi Oʻzbekiston uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganiga eʼtibor qaratar ekan, ushbu dolzarb mavzu yuzasidan joriy yilning 16-yanvar kuni Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Ekologik partiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishga alohida toʻxtaldi.

Deputat yigʻilishda tegishli vazirlik, idoralar masʼullari, tajribali olimlar, yetuk mutaxassislar ishtirokida atmofera havosining ifloslanishi sabab va oqibatlari, havoni muhofaza qilish usullari atroflicha muhokama qilinganini eʼtirof etdi.

Shu bilan birga, deputat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotini eshitish masalasini kun tartibiga kiritish taklifini qayd etdi.

Ushbu taklifni Oʻzbekiston Ekologik partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi aʼzosi Navroʻzbek Yusupov ham qoʻllab-quvvatlab, kelgusida ushbu dolzarb masala yuzasidan vazir axborotini eshitish zarurligini bildirib oʻtdi.

Mazkur taklif yuzasidan siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalarining rahbarlari ham munosabat bildirib masalaning jiddiy va ayni vaqtdagi dolzarbligidan kelib chiqib, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining axborotini eshitish masalasini qoʻllab-quvvatlashdi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер