Olib qochilgan “Captiva” topildi

14:10 24 Sentyabr 2020 Jamiyat
729 0

2020-yilning 21-sentyabr kuni soat 09:30 da nomaʼlum shaxs Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani «Kattaqoʻl» mahallasida yashovchi 41 yoshli B.X. ning yashash uyi oldida turgan “Captiva” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni 29 yoshli Sh.S. sodir etganligi aniqlanib, olib qochilgan avtomashina ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Qumqoʻrgʻon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Sh.S. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Sh.S. ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер