Oʻktam Toʻrayev Termiz shahar hokimi etib tayinlandi
Tayinlovga qadar Qurilish vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Oʻktam Toʻrayev 1979-yilning 25-oktyabrida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tugʻilgan. 2000-yilda Termiz davlat universiteti, 2002-yilda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti, 2011-yilda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U 2017-yilda Boysun tumani hokimi etib tayinlangunga qadar Muzrabot tumani hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2019-yildan 2021-yilga qadar Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring