OKMK: Yangi tibbiyot-sanitariya qismi foydalanishga topshirildi
1983-yilda ishga tushirilgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi tibbiy sanitariya qismi binosi mukammal taʼmirlab berildi.
Obyektning ochilish tadbirida ishtirok etgan OKMK rahbariyati va boshqalar soʻnggi yillarda mamlakatimiz tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadrini ulugʻlashga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatli boʻlayotganini taʼkidlashdi.
Tadbirda bir guruh quruvchi va shifokorlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Tibbiyot muassasasi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Raqamlashtirilgan rentgen apparatlari, UTT, videoendoskopiya uskunasi, audiometriya, 8 turdagi fizioterapevtik apparatlar aholiga tezkor, sifatli xizmat koʻrsatishga xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring