Oxirgi 3 yilda UZKAD tizimi orqali respublikaning 96 foiz yer maydonlarining elektron xaritasi yaratildi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari ishtirokida Neʼmatjon Atamuratov maʼlum qildi.
Shuningdek, 40,2 mln gektari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Jumladan, 24,4 mln gektar qishloq xoʻjaligi yerlari, 11,1 mln gektar oʻrmon fondi yerlari, 3,1 mln gektar tabiatni muhofaza qilish yerlari, 125 ming gektar sanoat yerlari va 2,7 mln gektar zaxira yerlari hisobga olindi.
Bugungi kunga qadar respublikada mavjud 827 ming gektar suv fondi yerlaridan 318,3 ming gektari hamda 172,1 ming gektar ichki avtomobil yoʻllaridan 5,1 ming gektari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Qolgan 509 ming gektar suv fondi va 167 ming gektar ichki avtomobil yoʻllarning yer ajratish qarorlari va chegaralari belgilanmaganligi sababli, ushbu yerlar hisobga olinmasdan qolmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring