Oy tuprogʻi Yerga muvaffaqiyatli olib kelindi

08:50 18 Dekabr 2020 Dunyo
1035 0

Xitoyning “Changʻe 5” apparatining kapsulasi Oyning tuproq namunalari bilan Yerga muvaffaqiyatli qaytdi.

Bu haqda Xitoyning Davlat kosmik boshqarmasi xabar berdi.

"Topshiriq bajarildi. Xitoy Milliy kosmik boshqarmasi (CNSA) rahbari “Changʻe 5” nomli Oy missiyasini muvaffaqiyatli deb baholadi. Yerdagi guruhlar ochiladigan va mutaxassislar tomonidan tekshiriladigan oy yigʻuvchi-kapsulani xavfsiz joyga olib borishga tayyorlanmoqda", deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, apparat XXRning Ichki Moʻgʻuliston avtonom hududiga qoʻngan.

Taʼkidlanishicha, Oy tuprogʻi sayyoramizga 1976-yildan buyon ilk marotaba olib kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер