Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Qohirada yashayotgan va tahsil olayotgan vatandosh xotin-qizlar bilan uchrashdi
Misrga tashrifning uchinchi kunida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi O.Parpiboyeva rahbarligidagi masʼullar Oʻzbekistonning Misrdagi elchixonasi bilan hamkorlikda Qohira shahrida istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan 30 nafardan ortiq oʻzbekistonlik xotin-qizlar bilan muloqot qildi, ularning muammolarini oʻrgandi.
Qohirada tahsil olayotgan qizlar duch kelayotgan ayrim masalalarni yechishda, xususan, farzandlari uchun tugʻilganlik guvohnomalarini rasmiylashtirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishda elchixona orqali amaliy yordam koʻrsatildi.
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi vatandoshlarimizning barcha muammolari muntazam oʻrganib borilishi hamda ularga amaliy yordam koʻrsatilishini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring