Oila boshligʻi qotillikka qoʻl urdi
“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. “Qotillik” soʻzining oʻzi etni seskantirib, vujudingizni larzaga solib yuboradi. Oʻz pushti kamaridan boʻlgan farzandining qotiliga aylangan erkak haqidagi xabardan keyin... bilmadim...
Asaka tumanida istiqomat qiluvchi Ahror Toʻychiyev (surishtiruv-tergov ishlari olib borilayotganligi sababli ism-shariflar oʻzgartirildi) oilasidagi kelishmovchiliklar oxir-oqibat oila boshligʻining paymonasini toʻldirdi. Ona-bolaning doimiy eʼtirozlaridan jahl otiga mingan erkak avval uxlab yotgan turmush oʻrtogʻiga 5-marta pichoq urib, joniga qasd qildi. Shundan soʻng 18 yoshli qiziga 18-marta pichoq qadab, umriga zomin boʻldi.
Ayni paytda olib borilayotgan tergov ishlaridan soʻng voqea tafsilotlari yanada oydinlashadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring