Ogoh va hushyor boʻlaylik!

17:40 08 Aprel 2020 Jamiyat
1475 0

Tarixdan bilamizki, xalqimiz hamisha ozoda va fayzli boʻlish, sogʻ-salomat yurish, avvalo, insonning oʻziga bogʻliq ekanligini anglab kelgan. Bunga yurtimiz tabiati, bogʻ-rogʻlarimizning shirin-shakar mevalari, toʻlib-toshib oqib turgan daryolarimiz, toza, pokiza buloqlarimiz ham sabab boʻlgan. Bularning hammasi ulugʻ bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida alohida talqin qilingan.

Davalatimiz rahbari koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish borasida muhim Farmon va qarorlarni qabul qilib, bu borada uch marotaba xalqimizga murojaat qildi.

Shu kunlarda yurtimizda har bir fuqaro oiladagi ozodalik, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni oʻzining burchi va vazifasi deb bilmoqda. Eng asosiysi, Prezidentimizning murojaati xalqimizga taskin berdi. Fuqarolarimiz orasida sarosima va vahima yoʻqolib, ularning ishonchi yana-da ortdi.

Siz-u bizning salomatligimizni muhofaza qilish maqsadida hududlarda maxsus shtab tuzildi, epidemiologik vaziyat boʻyicha har soatlik va kunlik maʼlumot tahlil qilinib, tezkor choralar koʻrilmoqda.

Shunday ekan, uyda qolib, mutaxassislarning tavsiyalari va karantin qoidalariga amal qilaylik. Zero, yana-da jipslashib, hamjihatlikda bu murakkab sinovlarni ham yengib oʻtamiz.

BIR BOʻLAYLIK, KURASHAYLIK…

(Prezident murojaatini tinglab)

Odam oʻgʻli tuproq yuzin bosarkan,

Oʻtdi qancha zamon, qancha asrlar.

Keng koinot koʻkka yulduz socharkan,

Har yulduzda tugʻildi ming taqdirlar.

Jahon uzra ilm nurin sochgan el,

Boʻysundirdi yer, havo, suv olovni.

Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiylar,

Topdi sirin tugʻilgan har soʻrovni.

Ulugʻbekning nigohida yulduzlar,

Odam oʻgʻlin hayot yoʻlin yoritdi.

Amir Temur, Jaloliddin bobolar,

Fidoyilik tuygʻularin boyitdi.

Ne bir kunlar tushdi elning boshiga,

Vabo, chechak, isitmalar tarqadi.

Alloh qudrat berdi yurt bardoshiga,

Qoldi qancha dard ofatlar orqada.

Jafokash xalq, balolalarga qorishdi,

Vabolardan asradi avlodlarin.

Bobolarning ilmidan dil yorishdi,

Saqlab keldi millatin, ajdodlarin.

Shunday erkin shunday ozod zamonga,

Koʻz tegdimi, soʻz tegdimi, gap yurar.

Virus degan tojdor balo jahonda,

Oʻz hukmini oʻtkazmoqqa urinar.

Xalqim borki, ne dovonlar oʻtmagan,

Xalqim borki, Vatanga balogardon.

Xalqim borki, soʻzidan hech qaytmagan,

Bu balodan ham oʻtar eson-omon.

Bunday dardni odam oʻgʻli koʻrdimi?

Butun jahon havotirda, dahshatda.

Bir nuqtaday virus jallod boʻldimi,

Ammo inson nomi ulugʻ albatta.

Qalqdi bugun Oʻzbekiston oyoqqa,

El rahbari birdamlikka chaqirar.

Uyda qoling, farzandlarni asrang deb,

Millat shaʼnin asrab, ilm-saboq berar.

Eng avvalo dardi ketsin har uyning,

Ey odamlar, uyda qoling, kurashing.

Hamdard boʻling, hamkor boʻling, mehrla,

Ozodalik, poklik uchun birlashing.

Mayli ofat nomi Koronavirus,

Ammo xalqning taxti, toji buyukdir.

Bugun arman, qozoq, venger, belorus,

Har elning har qarich yeri suyukdir.

Na bir jallod dushmanlarin yenggan el,

Hayotini avaylagay, asragay.

Prezidentning mehri, eʼtiboridan,

Bir musht boʻlib, hayotini saqlagay.

Yoʻqotarlar yurtdan bu ofatni ham,

Uyda qolib, ozoda, omon boʻling.

Yurtboshimiz Murojaati mukarram,

Jipslashib Hur Oʻzbekiston boʻling!

Guliston ANNAQILICHEVA,
Oliy Majlis Senati aʼzosi.

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

Oʻzbekcha | Na russkom

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер