“Ogahiy” hujjatli filmi namoyish etildi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ogahiy” hujjatli filmi ijodkorlari bilan davra suhbati va film namoyishi boʻlib oʻtdi.
Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida suratga olingan.
Davra suhbatida hujjatli kino sohasidagi yangiliklar, ssenariy yaratish jarayonlari haqida fikrlar almashildi. Universitet rahbariyati tomonidan film ijodkorlariga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring