Ochiqlik — korrupsiya kushandasi

23:21 09 Dekabr 2021 Jamiyat
620 0

Soʻnggi kunlarda prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Oʻz oʻrnida Bosh prokuratura oʻz tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda unga qarshi keskin kurashishga bel bogʻlagan koʻrinadi. Shu maqsadda Bosh prokuratura keng jamoatchilikka prokuratura organlari xodimlari faoliyatida korrupsiya bilan bogʻliq xatti-harakat kuzatilganda “Ishonch telefoni” (71) 202-08-28) raqamiga xabar berish boʻyicha murojaat bilan chiqdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda keng jamoatchilik ishtirokini taʼminlaydigan ushbu zamonaviy va tezkor usul ilk daqiqalardanoq oʻzining samarasini berdi.

Ishonch telefoni orqali kelib tushgan maʼlumotlar asosida faoliyatida firibgarlik va korrupsiyaga qoʻl urgan Bosh prokuraturaning yana bir xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tomonidan maʼlum qilindi.

Bosh prokuratura rahbariyatining korrupsiyaga qarshi kurashishning ushbu kreativ usuli boshqa vazirlik va idoralarda ham joriy qilinadi, deb umid qilib qolamiz. Zero, ochiqlik va shaffoflikning naqadar muhim vosita ekanligini yana bir bor koʻrish mumkin.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер