Ochiqlik indeksi: SSV ilk bor “yashil” samaradorlik koʻrsatkichiga koʻtarildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2025-yil yakuni boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qildi.
Unga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi avvalgi yillardagi “sariq” samaradorlik koʻrsatkichidan ilk bor “yashil” darajaga koʻtarildi.
Yaʼni, 2024-yil yakuni boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi 59,2 ball bilan 78-oʻrindan joy olgandi. 2025-yil yakuni boʻyicha esa 87,2 ball toʻplab, 97 ta tashkilot orasida 60 pogʻona yuqorilab, 18-oʻringa chiqdi.

Maʼlumot uchun, baholash jarayoni 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida amalga oshirilgan. Bu yilgi baholashda jami 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring