Ochiq suv havzalari muhofaza qilinmoqda

10:10 26 Iyul 2023 Jamiyat
366 0

Yozgi taʼtil davrida bolalarning eng maroqli damlari suv havzalarida  choʻmilish  bilan oʻtmoqda. Hattoki, ifloslanish ehtimoli yuqori boʻlgan ochiq suv havzalarida ham bolalarni uchratish mumkin. Shunday ekan ochiq havzalar suvi doimiy bakteriologik va kimyoviy laborator tekshiruvlardan oʻtkazilib, suvning tozaligi muhofaza qilinishi lozim.

Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan Sergeli tumani hududidan oqib oʻtuvchi Junariq, Shokirariq, Nayman kanali ochiq suv havzalaridan namunalar olinib, bakteriologik va sanitar, kimyoviy laborator tahlillar oʻtkazildi.

Shuningdek, Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Oʻta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasiga vabo vibrionlari tahlillari uchun ochiq suv havzalaridan namunalar olinib, yetkazildi.

Sanitar kimyoviy laborator tahlillar natijasiga koʻra barcha suv namunalarida kislorodga boʻlgan biologik talabning yuqoriligi aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер