“Ochiq eshiklar kuni”da harbiy qism oʻrganildi
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Ichki ishlar vazirligidagi Yetakchilar Kengashi hamda IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari bosh boshqarmasi tashabbusi bilan qoʻshin tarkibiga kiruvchi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Tadbirga poytaxtning Yashnobod va Mirobod tumanlaridagi bir qator maktab hamda litseylar oʻquvchilari, harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari, shuningdek, 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari taklif qilindi.
IIV Alohida namunali-koʻrgazmali orkestri va Ashula va raqs ansambli sanʼatkorlarining vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlari hamda maxsus tashkil qilingan yangi kitoblar savdo yarmarkalari tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.
“Ochiq eshiklar kuni” yakunida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga bayram dasturxoni yozildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring